Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanada osmonida samolyot va planer to‘qnashib ketdi

Kanada osmonida samolyot va planer to‘qnashib ketdi

Illyustrativ foto

Kanadaning Alberta viloyatida, Kalgari shahriga yaqin joyda bir motorli «Cessna 182 Skylane» samolyoti va ikki o‘rinli planer havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Korrespondent» Kanada ommaviy axborot vositalariga asoslanib xabar berdi.

Noxush hodisa Kalgaridan 40 kilometr janubda sodir bo‘lgani aytilmoqda. To‘qnashuvdan so‘ng samolyot eson-omon yerga qo‘ngan, planerdagilarning taqdiri esa ayanchli kechdi — undagi ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring