Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JSST: tamaki chekish 2018-yili 8 million kishining umriga zavol bo‘ldi

JSST: tamaki chekish 2018-yili 8 million kishining umriga zavol bo‘ldi

Foto: «Korrespondent»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotiga ko‘ra, 2018-yili tamaki chekish oqibatida sayyoramizdagi 8 million kishi vafot etgan.

Shuningdek, tashkilot xabariga ko‘ra, yana 1 mln. kishi passiv chekish oqibatida dunyodan ko‘z yumgan.

Tamaki tarkibida insonni asta-sekin o‘ldirib boruvchi 4 mingdan ortiq zaharli moddalar bor.

Chekishdek zararli odatning shakllanishi tamaki sanoatining bo‘ynida: sayyoramizdagi 1 mlrd. 200 mln. (!) kishi kashanda hisoblanadi, har ikkinchi bola passiv chekishga odatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring