Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ikki abituriyent imtihondan chetlatildi

Jizzaxda ikki abituriyent imtihondan chetlatildi

Foto:«Jspi.uz»

Jizzax davlat pedagogika institutida tasviriy sanat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha chizmachilik ijodiy imtihonida qoidani buzgan abituriyentlar chetlatilgan. Bu haqda  institut matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, abituriyent M. Asatova va S. Jo‘rayevalar o‘zaro bir birlariga yordam berishi maqsadida rasmlarini almashayotganda qo‘lga tushganlar. 

To‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn video kuzatuv tasvirlari hamda imtihon komissiyasi a’zolari ishtirokida bu ikki nafar qoida buzar abituriyentlardan tushuntirish xati olinib, ijodiy imtihondan chetlashtirish to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

«Bu ikki nafar abituriyent to‘liq o‘z ayblariga iqror bo‘lib, bo‘lib o‘tayotgan ijodiy imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishiga halaqit berganligini tan olib, auditoriyani tark etdi» deyiladi xabarda.

Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring