Jerar Deparde yana jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinyapti
Jerar Deparde yana bir jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha so‘roqqa tortildi. U hibsga olingan.
Fransuz kino aktyori 2020-yildan beri turli epizodlar bo‘yicha jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib tergov berib keladi.
Yangi «ish»ga ko‘ra, 76 yoshli aktyor ikki ayolning u tomonidan jinsiy ta’qibga uchragani haqidagi arizalar sababli qo‘roqqa tortigan.
Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, ikkala voqea ham yetti yil farq bilan, ya’ni 2014 va 2021-yillarda suratga olish maydonchasida sodir bo‘lganini aytishyapti.
Depardening o‘zi har ikkala ayblovni ham rad etgan.
Birinchi holat bo‘yicha jamoatchilik o‘tgan yilning yanvarida xabardor bo‘lgandi. Unda Depardening sobiq assistenti uni o‘ziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblagan va bu kinoaktyorga nisbatan yangi «ish»ning ochilishiga asos bo‘lgandi.
Ikkinchi holatda esa arizachi Ameli ismli 53 yoshli postanokachi-rassom ayol bo‘lib, Depardeni shu yilning fevralida biryo‘la 3 turdagi jinsiy zo‘ravonlik moddalari bilan ayblangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter