Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada xodimlarining ish soatini chegaradan chiqargan shifoxonalar jazolanmoqda

Janubiy Koreyada xodimlarining ish soatini chegaradan chiqargan shifoxonalar jazolanmoqda

«REGNUM» axborot agentligi ma’lum qilishicha, Janubiy Koreyadagi 94 ta shifoxona Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirligining qonun va me’yorlarini buzganligi uchun jarimaga tortildi. Ular xodimlarini belgilangan vaqtdan ko‘p ishlatgan.

Bu shifoxonalarga 1 milliondan 5 million vonagacha ($889—$4 445) jarima solindi.

1-fevral kuni Namdongu tumanidagi (Inchxon sh.) shifoxonada xodimlardan birining jonsiz tanasi topilgandi. Keyin aniqlanishicha, bu xodim 36 soat tinmay ishlagan va qattiq charchash oqibatida vafot etgan.

Xodimlarning ish soatiga asosan yirik kasalxonalarda rioya qilinmoqda. Umumiy profildagi 42 tadan 32 ta shifoxonada esa bu qoida buzilmoqda.

Shifoxonalarning 28,3 foizida xodimlar haftasiga bir marta dam olmoqda, 13,9 foizida esa ustma-ust 36 soatgacha ishlash qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring