Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jang bo‘ladi! Shohjahon Ergashev muammoni hal qildi

Jang bo‘ladi! Shohjahon Ergashev muammoni hal qildi

Foto: «boxingnews24.com»

Biroz avval nokautchi bokschimiz Shohjahon Ergashev chempionlik jangi oldidan kutilmagan muammoga duch kelgani va dastlabki vazn tortish marosimidan o‘ta olmagani haqida xabar bergandik.

Ergashevning vazni belgilangan 63,5 kgdan yuqori chiqqan va bu boradagi muammoni hal etish uchun unga 2-3 soat vaqt berilgandi.

«Fightnews.com» nashrining xabariga ko‘ra, Shohjahon Ergashev qayta vazn tortish marosimidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Demak, belgilangan jang bo‘ladi.

Shohjahon va xitoylik bokschi Jiming Vang o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 29-aprel kuni tonggi soat 04.45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

WBC International kamari uchun bo‘lib o‘tadigan jang «Sport» telekanali orqali translyasiya qilinishi haqida ma’lum qilgandik.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev professional ringdagi barcha janglarida muddatidan avval g‘olib bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring