Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

​​​​Jahongir Poziljonovning «#SelfiMeningPrezidentim» qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv boshlandi

​​​​Jahongir Poziljonovning «#SelfiMeningPrezidentim» qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Bugun, 27 dekabr kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va 2018 yil yakunlari doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbir nihoyasida Jahongir Poziljonov ijrosidagi «#SelfiMeningPrezidentim» qo‘shig‘i bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangani ma’lum qilindi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorovning «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, surishtiruv natijalari OAVda e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, «Bojalar» guruhi solisti Jahongir Poziljonovning Prezident Shavkat Mirziyoyevni madh qilib kuylagan «#SelfiMeningPrezidentim» qo‘shig‘iga ishlangan klip dekabr oyining ikkinchi yarimidan «Zo‘r TV» telekanali orqali efirga uzatilmoqda.

Avvalroq ushbu qo‘shiq uchun «O‘zbekkonsert» Badiiy kengashidan rasmiy ruxsat olinmagani ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring