Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori ishdan bo‘shatildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori ishdan bo‘shatildi

Foto: «Kun.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-yanvar kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Prezident devoni vakillari, hukumat a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralar rahbar xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgan Abdumalik Jumanov lavozimidan bo‘shatilgan. «KUN.UZ» nashrining hukumatdagi axborot manbasi bunday o‘zgarish — diplomatiya sohasida kadrlar tayyorlash dasturini tubdan isloh qilish uchun bajarilayotganini aytgan.

Jumanov bundan oldin Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida ham rektor sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori o‘tgan yildan e’tiboran vazir o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring