Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyaliklar qaysi mamlakatlardan sayyohlar kelishini istashmayapti?

Italiyaliklar qaysi mamlakatlardan sayyohlar kelishini istashmayapti?

Foto: Filippo Monteforte/AFP

Aksariyat italiyaliklar Ispaniya, Finlyandiya va Norvegiyaga sayohat qilishni xush ko‘rishlarini bildirishdi. Biroq, koronavirus pandemiyasi sababli, ko‘pchilik bu yil uyda qolish niyatida.

Italiyaliklarning uchdan ikki qismi bu yilgi yozda amerikalik sayyohlarning mamlakatga kelishini istashmayapti. Ushbu ijtimoiy so‘rovnoma natijalarini «TheLocal.it» ma’lum qildi.

Respondentlarning 57 foizi xitoyliklarga, 44 foizi britaniyaliklarga qarshi ovoz bergan.

Nashr yozishicha, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Finlyandida o‘tkazilgan so‘rovnomalar ham o‘xshash natija bergan. Sanalgan mamlakatlarda respondentlarning 61-79 foizi amerikalik sayyohlar kelishiga qarshi. Xitoylik mehmonlarga ham munosabat deyarli shunday — 57-77 foiz.

O‘z navbatida, amerikaliklar ham Yevropaga uncha oshiqishayotgani yo‘q. Ularning faqat 17 foizi yozgi ta’tilda Italiyaga yoki Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borish imkoniyatini o‘ylab ko‘rishlarini bildirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring