Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishlayotgan pensionerlar pensiyani to‘la miqdorda oladilar

Ishlayotgan pensionerlar  pensiyani to‘la miqdorda oladilar

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda kelasi yildan boshlab ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar to‘la miqdorda beriladi. Bu haqda Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi,  deya yozmoqda «Daryo».

Prezidentning qayd etishicha, «Konstitutsiyamizda aholining muhim ijtimoiy huquqi sifatida kafolatlangan pensiya ta’minoti» eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2019-yildan boshlab pensiya to‘lovining yuqori chegarasi eng kam oylik ish haqining 8 barobari (9 dekabr holatiga ko‘ra — 1 621 840 so‘m)dan 10 barobari (2 027 300 so‘m)ga oshiriladi.

«O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya modelini real talablar asosida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish zarur», — dedi Prezident o‘z chiqishi davomida.

Hozirda, ayrim kategoriyalardagi pensionerlarni hisobga olmasa, aksariyat ishlayotgan pensionerlar pensiyani 50 foiz miqdorda oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring