Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Irkutskdagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Irkutskdagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi yotoqxonada kelib chiqqan yong‘in natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda munitsipalitet rahbari Valeriy Ornoyev xabar berib o‘tgan.

Yong‘in natijasida olti kishi jabr ko‘rgani aytilmoqda. Ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlardan bir kishi og‘ir holatda, to‘rt nafarining holati o‘rtacha baholanyapti.

Ornoyevning aytishiga ko‘ra, yotoqxona binosi ko‘chmas mulk sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Yong‘in yarim tunda kelib chiqqan. Yotoqxonada 15 kishi istiqomat qilib kelar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring