Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«iPhone X»ni bir varaq qog‘oz yordamida o‘marishdi (video)

«iPhone X»ni bir varaq qog‘oz yordamida o‘marishdi (video)

Foto: «Youtube»

Mobil aloqa telefonlari hamisha o‘g‘rilar uchun «sevimli o‘lja» bo‘lib kelgan. Xususan, qimmatbaho smartfon bo‘lsa, uni qo‘lga kiritish uchun jinoyatchilar turli usullarni o‘ylab topishlari turgan gap, deyiladi «Terabayt» xabarida.

Angliyaning Sautend shahridagi «Angel Homes and Lettings» ko‘chmas mulk agentligi xodimi ham o‘zining «iPhone X»i qanday g‘oyib bo‘lganini payqamay qoldi. Uni o‘margan g‘araz niyatli kishini na xonadagi uch kishi, na kameralar to‘xtatib qola olgan.

Qisqasi, allaqanday notanish kishi qo‘lida bir varaq qog‘oz – xarita bilan agentlik ofisiga kirib kelgan va uni stolga yoyib, qayergadir yetib olish yo‘lini so‘ragan. Aslida esa uni aslo bu yo‘nalish emas, balki stol ustida yotgan «iPhone X» qiziqtirar edi. Shu bois ham u biryo‘la ayfonni ham xaritaga «yopishtirib» olib, chiqib ketgan.

Bu hodisani kameralarga muhrlangan videolavha orqali tomosha qilamiz:

Sautend shahridagilarning ta’kidlashlaricha, bu yagona holat emas – shunaqa «chaqirilmagan mehmon»lar ko‘zga ko‘rinarli joyda yotgan gadjetlarni o‘marish uchun turli ofislarga tez-tez kirib turishar ekan.

Bunaqa holatlar O‘zbekistonda ham uchrashi mumkinligini inobatga olgan holda, sizlarni hushyorlikka chaqirib qolamiz.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring