Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«iPhone» foydalanuvchilari «iOS» tizimida xavfli nuqsonni aniqlashdi

«iPhone» foydalanuvchilari «iOS» tizimida xavfli nuqsonni aniqlashdi

Foto: «NV.ua»

QR-kodlarni o‘qishga mo‘ljallangan «iOS CODE» dasturi «iPhone» foydalanuvchilarini zararli veb-saytlarga yo‘naltirishi mumkin. Xavfsizlik mutaxassislarining ta’kidlashicha, «Apple» mazkur nuqson haqida o‘tgan yilning dekabridan buyon biladi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Infosec»ning tarmoq xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotchisi Roman Myuller yaqinda QR-kodni avtomatik tarzda skaner qilish funksiyasi xato ishlayotganini, agarda foydalanuvchi taqdim etilgan havolaga bosgudek bo‘lsa, boshqa saytga kirib ketayotganligini aniqladi. Myuller xatolikka misol keltirdi, unga ko‘ra «iPhone»ning QR-skanerlash funksiyasi «Safari» brauzeri orqali «Facebook.com» havolasini ko‘rsatmoqda, biroq foydalanuvchini o‘zining «Infosec» saytiga yo‘naltirmoqda.

Muammo shundaki, «Apple» dasturiy ta’minoti @ belgisini qayta ishlaydi. Tizim qatordagi birinchi domenni tanigan bir paytda, «Safari» ikkinchisini ko‘chirib oladi.

Mazkur nuqsondan shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin.

Myullerning so‘zlariga ko‘ra, u «Apple»ni ushbu xatolik haqida 2017-yilning 23-dekabrida ogohlantirgan. Biroq 2018-yilning 24-martida «iOS» tizimi yangilanganiga qaramay, xatolik to‘g‘irlanmagan.

Yuqoridagi xatolik bartaraf etilmaguniga qadar «iPhone» foydalanuvchilaridan QR-skanerlash funksiyasidan foydalanishda ehtiyot bo‘lish so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring