Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internet narxlari formulasi. «O‘zbektelekom» AK 2018-yilda narxlarni pasaytirish bo‘yicha aniq rejalarga ega

Internet narxlari formulasi. «O‘zbektelekom» AK 2018-yilda narxlarni pasaytirish bo‘yicha aniq rejalarga ega

Foto: «Nuz.uz»

«O‘zbektelekom» AK abonentlarning sifatli internetdan foydalanishini ta’minlash maqsadida xalqaro bozorda telekommunikatsiya operatorlaridan qo‘shimcha sig‘im sotib olmoqda. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Respublikaning geografik joylashuviga qarab aloqa kanallari minimum ikki chegaradan o‘tadi, bizning holatda – bu Rossiya va Qozog‘iston chegaralaridir.

Natijada internet xizmatlari narxlari oshadi. Shu munosabat bilan ayni vaqtda Milliy operator zahira aloqa kanallarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Global tarmoqqa ulanish tezligi va barqarorligini oshirish uchun Frankfurt va Gonkongda joylashgan jahonning yirik yetkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish choralari izlanyapti.

Xorijiy davlatlarda internet trafikni mamlakat hududida lokallashtirish kamida 60 foizni tashkil etadi, O‘zbekistonda esa bu 19 foizga teng. Shu sabab «O‘zbektelekom» AK jahoning yetakchi internet resurslari va portallarini lokallashtirishni rejalashtiryapti.

Sifatli milliy kontentni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Kompaniyada milliy kontent rolini oshirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqilyapti. Misol uchun, bu resurslar bilan aloqani tashkil etish masalalarini hal qiladigan piring markazi tashkil etilmoqda.

Xalqaro kanallar ijarasi va ma’lumotlar uzatish xizmatlari uchun narxlarni shakllantirish mexanizmi AKT vazirligi tomonidan 2010-yilda tasdiqlangan. Mazkur hujjat o‘rtacha 1 Mbit/s narxining milliy operator xarajatlaridan kelib chiqib shakllantirilishini ko‘zda tutadi. «O‘zbektelekom» AK vazirlik tomonidan tadiqlangan narxlarni shakllantirish tartibiga qat’iy amal qiladi.

O‘zbekistonda 2017-yilning sentyabrida valyuta siyosatining liberallashtirilishi natijasida «O‘zbektelekom» AKning xalqaro internet kanallari ijarasi uchun valyuta xarajati o‘rtacha ikki barobarga oshdi.

Qo‘shni davlatlardan trafikni kompaniya valyutaga sotib oladi, mahalliy bozorda esa uni so‘mga tarqatadi. Shuningdek, xarajatlarning sezilarli qismi uskunalarni ijaraga olish, ekspluatatsiya qilish va modernizatsiyalashga ishlatiladi.

«O‘zbektelekom» AK 2018-yilda narxlarni pasaytirish bo‘yicha aniq rejalarga ega va xalqaro operatorlar bilan xalqaro kanallar ijarasi narxini optimallashtirish yuzasidan  doimiy ravishda muzokaralar olib boryapti. Tabiiyki, internet tariflari narxlarini tushirish ko‘zda tutilyapti.

«Ulkan xarajatlarga qaramay, mijozlarga sodiqlik kompaniya faoliyatida birinchi o‘rinda turadi», deyiladi «O‘zbektelekom» AK xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring