Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson tanasida minglab noma’lum viruslar topildi

Inson tanasida minglab noma’lum viruslar topildi

Olimlar Gut Phage Database ma’lumotlar bazasi viruslari katalogini yangilashdi. Unda odamning ichaklaridan topilgan bakteriyalar ham bor. Bu haqda Science Alert xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar 140 mingdan ortiq virusni aniqladilar, ularning ko‘plari ilgari o‘rganilmagan. Viruslarni aniqlash uchun olimlar 28 mamlakat aholisining ichak mikrobiomini o‘rganish natijasida olingan 28 mingdan ortiq metagenomalarini tahlil qildilar.

Bakteriyalarning bir qismi Gubaphage oilasiga mansub bo‘lib, u odam ichaklarida crAssphagedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Avvalroq, avstraliyalik olimlar ming yillik epidemiyalar tarixini qayta tiklashgan edi. Tadqiqot so‘nggi yetti ming yil ichida moxov, sil va sifilis tarqalishi qanday o‘zgarganligi haqida ma’lumot to‘plashda yordam bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring