Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imom Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Navoiy, Bobur va Mirzo Ulug‘bek haqida film olinadi

Imom Buxoriy, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Navoiy, Bobur va Mirzo Ulug‘bek haqida film olinadi

Foto: Sputnik Kazaxstan

«O‘zbekkino» Milliy agentligi bilan Madaniyat vazirligi hamkorlikda 2020 yilda suratga olinishi rejalashtirilayotgan badiiy, hujjatli filmlar va teleseriallar uchun ustuvor mavzularni rejalashtirish jarayoni ketmoqda.

Mazkur ustuvor mavzular rejasiga Imom Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Muhammad al-Xorazmiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur va jadidchilik harakatining atoqli namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi badiiy, hujjatli filmlar va teleseriallar mavzulari kirgan. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek kinematografiyani 2030 yigacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq respulikamizdagi har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasining qadim o‘tmishidan buguniga qadar tarixi va shu hududlardan yetishib chiqqan tarixiy siymolari haqida hikoya qiluvchi badiiy filmlar va teleserialllar mavzulari ham ustuvor mavzular rejasi shakllantirildi va yaqin kunlarda OAVda hamda Internet tarmoqlari orqali e’lon qilinadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring