Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki milliondan ziyod qozog‘istonlik koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya qilinadi

Ikki milliondan ziyod qozog‘istonlik koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya qilinadi

Foto: «Gazeta.Ru»

Qozog‘istonda aholining 11,5 foizi, ya’ni qariyb 2,2 mln. kishi koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya qilinadi. «Zakon.kz» xabariga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Bagdat Kojaxmetov bu haqda «Facebook» orqali ma’lum qildi.

Bepul vaksina oluvchilar:

  • surunkali xastalar;
  • yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga chalinganlar;
  • qandli diabetga chalinganlar;
  • o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligiga chalinganlar;
  • 65 yoshdan kattalar;
  • tibbiyot xodimlari.

Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI), Epidemiyaga tayyorgarlik bo‘yicha innovatsiyalar koalitsiyasi (CEPI), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, shuningdek, vaksinalar ishlab chiqaruvchi xalqaro korporatsiyalarning hamkorlik dasturi — COVAX Facilityga Qozog‘iston ham a’zo ekanligini Kojaxmetov ta’kidlab o‘tgan.

GAVI hisob-kitoblariga qaraganda, vaksinaning bitta dozasi daromadi o‘rtacha mamlakatlarga 10—20 AQSh dollaridan tushadi (buning ichiga transport xarajatlari kiritilmagan).

Qozog‘istonda vaksinaning bitta dozasi 4142 tengedan 8284 tengegacha bo‘lishi kutilmoqda (2020-yil 28-iyul holatiga, 1 dollar — 414,2 tenge).

Kojaxmetov SSV bepul vaksinatsiya qilinuvchilar ulushini 20 foizgacha chiqarish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring