Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki kecha o‘rmonda qolib ketgan 3 yoshli bolakay tirik topildi

Ikki kecha o‘rmonda qolib ketgan 3 yoshli bolakay tirik topildi

Kolya Barxatov.

Foto: «LIFE»

Rossiyaning Omsk viloyati, Bolsherechenskiy tumanida o‘rmonda yo‘qolib qolib, u yerda ikki kechani o‘tkazgan uch yoshli bolakay topildi. Bu haqda «REN TV» xabar berdi.

Kolya Barxatovni uch kun qidirishdi: u tirik va sog‘-salomat ekan — haqiqiy mo‘’jiza!

Telekanalning ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari taxminan ikki kecha-kunduz davom etib, unda qariyb ming kishi qatnashdi. Bolakay botqoqqa botib qolgan ekan... Hozir u shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda.

Bolakay 13-avgust kechasi Novologinovo posyolkasi yaqinida yo‘qolib qoladi. Rezavor tergani o‘rmonga borgan ota-onasi bolakayni 10 daqiqaga qulflangan mashina ichida qoldirishgan edi. Ular dastlabki uch soat davomida bolani o‘zlari topishga urinishgan, lekin natija chiqmagach, politsiyani chaqirishga majbur bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring