Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli

Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli

Foto: «Trendymen.ru»

Uyqusizlik muammosi ko‘pimizga begona emas. Ammo buning yechimi bor — amerikalik harbiylar Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘ylab topgan bu usul bilan bizni «Focus» nashri tanishtirdi.

— Bu usulni qo‘llaganlarning 96 foizi ikki daqiqa ichida uyquga ketadi. Sershovqin joydamisiz, yaqinda qahva ichganmisiz, ahamiyatsiz, hatto o‘tirgan holatda ham tez uxlay olasiz, — deydi amerikalik bloger Sharon Akermann.

Albatta, yumshoqqina to‘shakka nima yetsin?! Biroq ba’zida juda ko‘p vaqt bir joyda o‘tirib kutishga to‘g‘ri keladi (masalan, vokzal, aeroportlarda reyslar kechiktirilganda yoki bo‘lmasa samolyot, poyezd, avtobusda uzoq yo‘lga otlanganda), shunday pallalarda bir oz mizg‘ib olish zarar qilmaydi.


Amerikalik harbiylar usuli

O‘rindiqqa suyanib, tovoningizni yerga bosib, qo‘llaringizni tizzangizga qo‘ying. Shundan so‘ng yuz, til, jag‘ mushaklaringizni to‘liq bo‘shashtirib, ko‘zingizni yuming. Gap shundaki, yuz mushaklari bo‘shashganida tanaga, u ham bo‘shashishi kerakligi to‘g‘risida, signal keladi. Gavdangizning yuqori qismini ham bo‘shashtiring — keyin navbat yelkalar, bo‘yin va qo‘llarga.

Buni to‘g‘ri bajarishni tushunish uchun bitsepslar (yelka va tirsak o‘rtasidagi mushaklar) bilan sinov o‘tkazib ko‘ring — avvaliga taranglashtiring, keyin bo‘shashtiring. Chuqur nafas olib, ko‘krak qafasini bo‘sh qo‘ying. Tanangizning past qismini ham bo‘shashtiring. Oyog‘ingizning tepa qismini, so‘ng boldirlarni va oyoq uchini bo‘sh qo‘ying. Siz oyog‘ingizdagi og‘irlikni his qilishingiz kerak. Butun tanangiz bo‘shashganidan so‘nggina siz uyquga ketasiz. Ortiqcha xayollarga berilmang. Qachonki miyangizdagi turfa fikrlarni quvsangizgina uyqu kafolatlanadi. Bugun nima bo‘ldi, ertaga nima qilmoqchsiz — o‘ylamang. Fikrlash zo‘riqishga olib keladi.

Yaxshisi o‘zingizni sokin ko‘lda chayqalib turgan qayiqdaman deb his qiling. Buyam yordam bermasa xayolan shu jumlalarni takrorlang: «Men hech nimani o‘ylamayapman» — bu sizni ortiqcha o‘ylardan xalos qiladi. Bo‘shashgan tana va xotirjam miya tez uyquga ketadi.


Har kuni bu usulni takrorlayversangiz siz atigi ikki daqiqada uyquga keta oldigan bo‘lasiz.

Boshida oson bo‘lmaydi, ammo taslim bo‘lmang — takrorlayvering. Intilishlaringiz munosib taqdirlanadi — shirin va to‘yimli uyquga albatta ega bo‘lasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring