Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB «Murod Xonto‘rayev ishi» bo‘yicha tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritdi

IIBB «Murod Xonto‘rayev ishi» bo‘yicha tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

O‘tgan yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Kunduzi 14:30larda 6-8 nafar noma’lum shaxs qora rangli maxsus kiyimda yuzlariga niqob taqqan holda kirib kelib, o‘zlari bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jismlar, temir bo‘laklari, rezina tayoqlar va pnevmatik o‘q otar qurollardan foydalanib Murod Xonto‘rayev va uning sherigini urib tan jarohati yetkazishgani aks etgan video ham tarqalgandi.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha kecha, 3-fevral kuni internetda tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan o‘sha kuniyoq, ya’ni 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik, holatlar aniqlashtirilgach, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi, 4-qism, «v» bandiga («Bosqinchilik») o‘zgartirilgan.

2018-yilning noyabridan dekabr oyigacha bo‘lgan davrda ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olingan. Jinoyatga aloqador boshqa shaxslar aniqlanmoqda.

«Toshkent shahar IIBB  axborotlashtirish multimedia markazi ushbu jinoyat haqida ilgari ham ma’lum qilgan», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring