Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB Chinozda «o‘quvchining direktor tomonidan kaltaklangani» holatini o‘rgandi

IIBB Chinozda «o‘quvchining direktor tomonidan kaltaklangani» holatini o‘rgandi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Kuni kecha telegram messenjeridagi kanallar orqali «Chinoz tumani 19-ta’lim maktabi direktori 6-sinf o‘quvchisini ayamasdan kaltakladi» nomi bilan video xabar tarqalgan edi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati.

Ushbu holat Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan O.R. haqiqatdan ham Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-«a» sinf o‘quvchisi.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni o‘quvchilar sinf xonada o‘tirgan vaqtida maktab direktori Sh.X. sinf xonasiga kirib, texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘qligi sabab, o‘rniga shu soatda matematika darsi bo‘lishini aytgan. Shunda, o‘quvchi O.R. nima sababdan texnologiya darsi bo‘lmasligini qo‘pol ravishda, baland ovoz bilan so‘ragan. Barcha o‘quvchilar oldida maktab direktoriga nisbatan qo‘pol muomala qilganligi uchun maktab direktori o‘quvchi bilan  alohida gaplashib olish maqsadida uni qo‘lidan ushlab, boshqa xonaga olib kirgan va undan tushuntirish xati olgan.

Holat yuzasidan Chinoz tumani  IIB  tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi O.R.ga olgan tan jarohatlari yuzasidan, sudga oid tibbiy ekspertiza tayyorlangan.

2019-yil 11-oktyabr kundagi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasisga ko‘ra, voyaga yetmagan O.R.ga sog‘liqni qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan «yengil» tan jarohati tashhisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro Sh.X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga asosan javobgarlik belgilangan. Hozirda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ma’muriy ishlar bo‘yicha Chinoz tuman sudiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring