Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Idlibda 33 nafar turk askari halok bo‘ldi: vaziyat jiddiylashmoqda

Idlibda 33 nafar turk askari halok bo‘ldi: vaziyat jiddiylashmoqda

27-fevral kuni Idlib viloyatida Suriya xukumati armiyasi tomonidan uyushtirilgan havo hujumi oqibatida kamida 33 nafar turk askari halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, hujumda yaralangan 35 askar Turkiyadagi kasalxonalarga evakuatsiya qilingan.

Prezident Rejep Toyyip Erdo‘g‘on Anqarada xavfsizlik bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazgandan so‘ng, turk kuchlari quruqlikdan va havo hujumlarini boshladi.

Vazirlik tarqatgan bayonotga ko‘ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu Suriyaning hujumidan keyin NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan suhbatlashgan.

Suriya hukumati Turkiyaning da’vosiga izoh bermadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa o‘z havo kuchlari Idlib hududida turk askarlari joylashgan hududga zarba berganini rad etdi.

Bunga qadar, Suriyada Rossiya maxsus kuchlarining 4 ofitseri vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, kruiz raketalari bilan jihozlangan ikkita rus harbiy kemasi Suriya sohillariga yuborilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring