Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichkilikboz ota-onadan 11 yosh o‘g‘li va 8 yosh qizi qochib ketdi

Ichkilikboz ota-onadan 11 yosh o‘g‘li va 8 yosh qizi qochib ketdi

16 fevral kuni soat 4.25 da Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Yevgeniy A. murojaat qildi. Uning aytishicha, 15 fevral kuni taxminan soat 8.00 da uning 11 yoshi o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib, noma’lum tomonga yo‘l olgan va qaytib kelishmagan.

Ko‘rilgan choralar sababli bolalar IIBB PPX xodimlari tomonidan topilib, uylariga qaytarildi.

Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bolalar qasddan uydan qochib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onalaridan qo‘shni uyning tomida yashirinishar ekanlar.

Ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv olib borilib, qo‘shnilarning fikrlari o‘rganildi. Hozirgi vaqtda ota-onalik huquqini cheklash masalasini haql qilish haqida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Bolalar esa sud tomonidan ularning taqdirlari bo‘yicha qaror qabul qilinguncha Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi.

Manba: iibb.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring