Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Huawei» kompaniyasi O‘zbekistonda «aqlli» tizimlarning joriy etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor

«Huawei» kompaniyasi O‘zbekistonda «aqlli» tizimlarning joriy etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor

Foto: «Taraqqiyot» strategisi markazi

Kecha «Taraqqiyot» strategiyasi markazida ijrochi direktor A.Burxanov va «Huawei» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Marko Xu uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xitoy kompaniyasining Toshkentdagi ofisi vakillari tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar, jamiyat hayotida, xususan, Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘nalishida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarni faol jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Markaz vakillari tomonidan 2018-yilda O‘zbekistonda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish bo‘yicha «Aqlli shahar», «Aqlli mahalla», «Aqlli uy» va «Aqlli hokimiyat» tizimlarini joriy etish rejalashtirilganligi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida «Huawei» kompaniyasi vakillari Xitoy shahrarlarida muvaffaqiyatli tadbiq etilgan «Aqlli shahar» va «Aqlli tibbiyot» loyihalari taqdimotini o‘tkazib, O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdilar.

Jumladan, mamlakatda joriy qilingan zamonaviy texnologiyalarni namoyish qilishga va tajriba almashish uchun viloyat hokimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining XXRga tashrifini tashkillashtirishga tayyor ekanligini bildirdilar. Tashrif doirasida shaharsozlik va hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi nazarda tutilganligi aytib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring