Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimga murojaat qilgan fuqaro 15 sutkaga «ketdi»

Hokimga murojaat qilgan fuqaro 15 sutkaga «ketdi»

Illyustrativ foto

Shu yilning 10-fevral kuni «Ochiq muloqot» teleko‘rsatuvida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Muzaffar Hoshimov ishtirok etdi, deb yozyapti «UPL».

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda hokim sakson nafarga yaqin shahar aholisining savollariga javob berdi, azr-holini eshitdi. Ular orasida J.Orziqulov degan fuqaro ham bor ediki, u shahar rahbaridan ishga joylashishda yordam berishini so‘radi. Ahvolim tang, deydi u, aliment to‘lovidan yaxshigina qarz bo‘lib ketdim, ularni qoplashim kerak.

Ayni murojaat sabab J.Orziqulov ishli bo‘ladi. Biroq bir necha kun o‘tib, u... alimentni vaqtida to‘lamaganlik aybi bilan hibsga olinadi va 15 sutkaga «kesiladi»!

...Kulayapsizmi yo kuyyapsizmi?

Bu yog‘i o‘zingizga tan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring