Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik kishi yong‘oq chaqib Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Hindistonlik kishi yong‘oq chaqib Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Foto: «Haber7.com»

Hindistonda bir kishi boshi bilan bir daqiqada 217 ta yong‘oq chaqib rekord o‘rnatdi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Hindistonning Andra Pradesh shtatida Navin Kumar ismli kishi stolga tizib chiqilgan yong‘oqlardan 217 tasini 1 daqiqada boshi bilan chaqib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Ginnesning rekordlar kitobi Kumarning bir daqiqada uzluksiz 217 ta yong‘oqni boshi bilan chaqishini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Kumar amaldagi rekord sohibi Muhammad Rashiddan 36 ta ko‘p yong‘oq chaqib, rekordni yangiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring