Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda ko‘p qavatli uyning kranidan alkogol oqyapti

Hindistonda ko‘p qavatli uyning kranidan alkogol oqyapti

Foto: «Otr-online.ru»

Hindistonning Kerala shtati Trissur shahrida ko‘p kvartirali uyda istiqomat qiluvchi o‘n sakkizta oila suvni ichish uy yoqda tursin, hatto yuvinolmayotganidan hukumatga shikoyat qildi, deya xabar berdi «The News Minute».

Ularning so‘zlariga ko‘ra, dastlab butun uyga alkogol hidi o‘rnashib qolgan, keyingi kuni esa krandan «likyor bilan suv» aralashmasi oqa boshlagan.

Buni qarangki, olti yil oldin turar joy binosining yonida bar bo‘lgan. Keyinchalik uni yopishgach, barcha spirtli ichimliklarni musodara qilishgan.

O‘tgan hafta amaldorlar alkogolli ichimliklarni yo‘q qilishga ruxsat olgach, uni barning yoniga ko‘mib qo‘ya qolishgan. Natijada olti ming litr alkogol suv ta’minoti tizimiga so‘rilib, suv bilan aralashib ketgan.

Hukumat jabr ko‘rgan oilalarga ichimlik suvini yetkazib berishni tashkillashtirib, quduqni tozalashni boshlab yuborishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring