Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston Rossiya nefti uchun yuanda to‘lashdan bosh tortdi

Hindiston Rossiya nefti uchun yuanda to‘lashdan bosh tortdi

Hindiston rasmiylari Nyu-Dehli va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sababli Rossiya neft yetkazib beruvchilarining yuanda to‘lash talablarini rad etmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi muzokaralarda bevosita ishtirok etgan, ismi oshkor etilmagan hindistonlik yuqori martabali amaldorga tayanib xabar bermoqda.

Agentlikning boshqa suhbatdoshlari Hindiston rahbariyati bunday talablarga rozi bo‘lmasligini, chunki neftni qayta ishlashning deyarli 70 foizi davlatga tegishli ekanligini tasdiqlashgana. Shunday qilib, ular Xitoy valyutasida to‘lashdan bosh tortishgan.

Avvalroq Hindistonning eng yirik neftni qayta ishlash kompaniyasi Indian Oil Corp. bir qancha yuklarni yuanda to‘lagan, ammo taqiqdan keyin bu amaliyotni to‘xtatgan.

Rossiya nefti uchun to‘lov muammosi ikki tomonni ham tashvishga solmoqda. Dollar to‘lovlari G7 davlatlari va ularning ittifoqchilari tomonidan kiritilgan sanksiyalar va narxlarning yuqori chegaralari tufayli qiyin bo‘lib qolgan. Hindiston rupiylarini esa Rossiya kompaniyalari mahalliy qonunchilik tufayli mamlakatdan olib chiqib keta olishmaydi. Natijada, to‘lovlar asosan AQSh dollariga bog‘langan dirhamlarda (BAA valyutasi) amalga oshiriladi va belgilangan chegaradan oshib ketgan taqdirda qo‘shimcha to‘lov rupiyda amalga oshiriladi.

Nashrning yana bir suhbatdoshi so‘nggi paytlarda tomonlar ayirboshlash valyutasi bo‘yicha kelisha olmagani uchun bir nechta yuk uchun to‘lovlar kechiktirilganini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring