Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston 41 yillik tanaffusdan so‘ng ikkinchi fazogirni uchiradi

Hindiston 41 yillik tanaffusdan so‘ng ikkinchi fazogirni uchiradi

Shubhanshu Shukla.

Foto: India Today

Hindiston tarixidagi ikkinchi fazogir — Shubhanshu Shukla may oyida NASA bilan hamkorlikdagi Axiom-4 ekspeditsiyasi tarkibida Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga parvoz qiladi. Bu haqda Hindiston fazoviy tadqiqotlar departamenti rahbari Jitendra Singhga asoslanib The Times of India xabar berdi.

«Kapitan Shuklaning parvozi — shunchaki parvoz emas, balki Hindiston fazoviy tadqiqotlar yangi asriga dadil qadam tashlayotgani ramzidir», — dedi Jitendra Singh.

Hindiston harbiy-havo kuchlari kapitani 39 yoshli Shubhanshu Shukla Rossiya va AQShda tayyorgarlikdan o‘tdi, endi u fazoga ko‘tarilgan ikkinchi hindistonlik bo‘ladi. Ungacha 41 yil muqaddam Rakesh Sharma mamlakatning «birinchi raqamli» fazogiri degan sharafga muyassar bo‘lgandi.

Rakesh Sharma
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring