Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hajga yuborish «stavka»si 12 ming dollarmi?

Hajga yuborish «stavka»si 12 ming dollarmi?

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan ta’bir joiz bo‘lsa, sharmandali jinoyat fosh etildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, fuqaro A.T. fuqaro I.M.ni haj safariga yuborishni va’da qilib, 12000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Mazkur holat yuzasidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat fosh etilgani yaxshi. Biroq ko‘ngilda og‘riq uyg‘onadi baribir: o‘qishga yoki «yog‘liroq» ishga joylashtirish uchun «soqqavozlik» ko‘pam yangilik emasdi, endi ular qatoriga muqaddas ibodatga yuborish ham qo‘shildimi? Pul bergan odamni ham ahmoq deb bo‘lmaydi. Chunki, ahmoq odam buncha pul topa olmaydi. Pul (pora) bilan «ish bitishi»ga ko‘z yetgandirki, naqd «ko‘ki»dan sanagan! (Murodi hosil bo‘lmagani esa — boshqa masala).

Demak, holatning o‘zi bilan cheklanmay, masalaga chuqurroq kirish zarar qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring