Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haftalik ma’lumot: bugun va ertaga quruq va issiq havo saqlanib turadi

Haftalik ma’lumot: bugun va ertaga quruq va issiq havo saqlanib turadi

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

16-sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

17-18-sentyabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17-sentyabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19-sentyabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring