Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulnora Karimovadan qaytarilgan mablag‘lar qaysi sohaga ishlatilishi ma’lum bo‘ldi

Gulnora Karimovadan qaytarilgan mablag‘lar qaysi sohaga ishlatilishi ma’lum bo‘ldi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha yakuniy jarayonlar boshlandi.

Adliya vazirigi tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, yaqinda Fransiyadan G.Karimovaga tegishli 10 million AQSh dollari qiymatidagi qo‘shimcha aktivlar O‘zbekistonga qaytarildi. 2020 yilning may oyida ham Fransiyadan 10 million AQSh dollari qiymatidagi aktivlar qaytarilgan edi.

Shu bilan birga, G.Karimova mulklarini qaytarish va restitutsiya qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘ptomonlama trast jamg‘armasini tashkil etishga kelishildi. Mazkur jamg‘armadan Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish yurutuvi doirasida to‘liq musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun foydalaniladi.

Hozirgi kunda taxminan 131 million AQSh dollari qiymatidagi aktivlar qaytarilishga tayyor.

Jamg‘arma boshqaruvi Shveysariya, O‘zbekiston va BMT vakillaridan tashkil topadi. Qaytarilgan mablag‘lar BMTning qoida va nizomlari asosida tuzilgan Jamg‘armaning monitoring va baholash tizimiga muvofiq nazorat qilib boriladi.

Fuqarolik jamiyati institutlari Jamg‘arma faoliyatida maslahatchilar sifatida ishtirok etadi.

Qaytarilgan mablag‘lar aholi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring