Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navbatdagi «mega palov». Gulistonda 5 tonnalik osh damlandi (foto)

Navbatdagi «mega palov». Gulistonda 5 tonnalik osh damlandi (foto)

Foto: «Xalq so‘zi»

Ayni chog‘da Guliston shahrida «Tashabbus -2019» respublika tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida bir necha aksiyalar, konsertlar va boshqa tadbirlar ham tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».

Foto: «Xalq so‘zi»

Xususan, shaharning Amfiteatr maydonida  5 tonnalik osh damlandi. Uni tayyorlashga Guliston shahri va viloyatdagi 20 nafar taniqli oshpazlar jalb etildi. 

«Barcha tantanalarimiz shoh taomimiz hisoblangan  palovsiz o‘tmaydi.  Ana shu an’anaga sodiq qolib, bugungi «Tashabbus -2019» tanlovida 5 tonna osh pishirildi.  

Foto: «Xalq so‘zi»

Aytish lozimki, tadbirda bu bilan oshpazlarimiz ham o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.Ular tayyorlagan taom «Bolalar shaharchasi», «Mehribonlik uylari», kam ta’minlangan oilalar, nogironlarga ehson qilindi va tadbir ishtirokchilariga ham tortildi» deydi Sirdaryo viloyati hokimligi savdo departamenti boshlig‘i Hamid Saydaliyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring