Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Go‘zallik tanlovi g‘olibi operatsiyadan keyin vafot etdi

Go‘zallik tanlovi g‘olibi operatsiyadan keyin vafot etdi

Janubiy Koreyada teleboshlovchi, milliy go‘zallik tanlovlarining sobiq ishtirokchisi Li Yeon Ye 26 yoshida vafot etdi. Bu haqda KBIZoom xabar bermoqda.

U 25-iyun, shanba kuni surunkali kasallik tufayli rejalashtirilgan operatsiyadan so‘ng vafot etdi.

Li Yeon Ye vafotidan biroz oldin MBN telekanali teleboshlovchiligidan sog‘lig‘i sababli ta’tilga chiqishini e’lon qilgandi.

«Ikki oylik kasallik va tiklanish davri o‘tdi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, men atrofimdagi barchadan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun juda minnatdorman», deya yozgandi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Li Yeon Ye 1996-yilda tug‘ilgan. U universitetni fransuz tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2020-yilda qiz Dayegu go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi, shundan so‘ng u «Miss Koreya 2020» tanlovida ishtirok etgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring