Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada ishga kirishda tanish-bilishchilik bormi?

Germaniyada ishga kirishda tanish-bilishchilik bormi?

Foto: «Zeit.de»

Biz kabi korrupsiya, tanish-bilishchilik illatlariga qarshi kurashayotgan mamlakatlarda yashovchilar ko‘pincha G‘arbiy Yevropa, jumladan, Germaniyaga havas qilamiz — ularda hammasi joyida, halol raqobat bor dey o‘ylaymiz. Chindan ham shundaymi? «Germania.one» yozishicha, Germaniyada ham tanish-bilishchilik bor, ammo bu biz o‘ylagan narsa emas.

Nyurnbergdagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti (IAB) aniqlashicha, nemis kompaniyalaridagi har uchinchi ish o‘rni «tanishlar»ga nasib qiladi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida butun Yevropada bo‘lgani kabi Germaniyada ham ishga kirishda «tanka» surish juda urf bo‘lgandi. Katta korporatsiyalarga faqat xodimlarning farzandlari va qarindoshlari ishga joylasha olardi.

Endi ahvol boshqacha: «tankalilar» ham saralashdan o‘tishlari shart. Ko‘pincha kompaniyalar «xodim xodimni jalb qiladi» siyosatiga amal qilishadi — kompaniyada yangi ish o‘rni ochilsa buni faqat «o‘zingnikilar» bilishadi. Rahbarlar ana shu yangi o‘rinlarga mos kadrlarni chaqirishni xodimlardan so‘rashadi. Nomzod kelgach suhbatdan o‘tadi, rezyumesi o‘rganiladi, loyiq topishsagina ishga olishadi. Hech qanday istisnolar bo‘lishi mumkin emas.

Nemislarning o‘zlari har qanday tanish-bilishchilikdan qochishga harakat qilishadi, chunki bu yo‘l bilan ishga kirib olganlarga doim bosim yuqori bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring