Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gentra»ning qarama-qarshi yo‘lga chiqishi ayanchli yakun topdi

«Gentra»ning qarama-qarshi yo‘lga chiqishi ayanchli yakun topdi

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida bugun, 27 noyabr kuni soat taxminan 14:30 da mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kitob tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «Gentra» M39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1269 km.ga yetganda oldindagi avtobusni quvib o‘tish maqsadida chap tomonga qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Oqibatda tumanning «Otqamar» mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «KamAZ»  bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida «Gentra» yo‘lovchilari J.P. va Z.P. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi esa tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash uyiga javob berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring