Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gazprom» zavodi atrofidagi qurilishlarda ishlash uchun O‘zbekistondan 231 kishi olib ketildi

«Gazprom» zavodi atrofidagi qurilishlarda ishlash uchun O‘zbekistondan 231 kishi olib ketildi

Joriy yilning 16-29-sentyabr kunlari mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Rossiyaning yirik ish beruvchi kompaniyalari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazilib, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonalarga ishga jalb qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgan.

Ushbu kelishuvlar doirasida Rossiya Federatsiyasi «Gazprom» kompaniyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi qator qurilishlarda ishlash uchun 231 nafar fuqaro Navoiy xalqaro aeroportidan charter reys orqali jo‘nab ketdi.

Ta’kidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchi koronavirus bilan kasallansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring