Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA «Nasaf»ga taqiq qo‘ydi

FIFA «Nasaf»ga taqiq qo‘ydi

Qarshining «Nasaf» klubiga transfer taqiqi qo‘yildi. Bu haqda PFL xabar berdi.

Joriy yilning 7-oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi «Nasaf» futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Qayd etilishicha, «Nasaf» futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA «Nasaf» futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergan.

Bugun, 9 dekabr kuni FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, «Nasaf»ga transfer taqiqi qo‘ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring