Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi masjidda 39 yoshli erkak pichoqlandi

Farg‘onadagi masjidda 39 yoshli erkak pichoqlandi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi masjidda 31 yoshli erkak 39 yoshli erkakni pichoqladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15 iyun kuni «Said Ahmad» jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar erkak o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga keladi. Og‘zaki janjaldan so‘ng masjid tahoratxonasiga kirgan 39 yoshli erkakning ortidan kirgan sherigi, yonida bo‘lgan pichoq bilan uning bosh, bo‘yin va qorin qismlariga bir necha bor zarba berib, unga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Shundan so‘ng u masjid yonida joylashgan «Navbahor» fuqarolar yig‘ini mas’ullari yoniga yugurib kirib, bo‘lgan voqeani ularga aytib bergan.

Jabrlanuvchi darhol tuman shifoxonasiga olib borilgan. Tezkor operatsiya natijasida bemorning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchi qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring