Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaliklar ogohlantirildi — koronavirusning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

Yevropaliklar ogohlantirildi — koronavirusning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

Foto: «Segment.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mamlakatlarini koronavirusning ikkinchi to‘lqini yopirilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Tashkilot Yevropa ittifoqi hukumatlarini virusning navbatdagi xurujiga jiddiy hozirlik ko‘rish, sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga chaqirdi.

JSSTning Yevropadagi vakili Gans Klyugening ta’kidlashicha, boshqa mavsumiy yuqumli kasalliklar bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolish ehtimoli yuqoriligi uchun koronavirusning ikkinchi to‘lqini yanada xavfliroq, yanada ko‘proq o‘limlarga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda 1918-1920-yillardagi «ispan grippi» pandemiyasini eslash kifoya. Gripp dastlab paydo bo‘lgan payti — 1918-yilning martida uncha xavfli emas edi, ammo 1920-yilda qaytalanganidan so‘ng 50 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring