Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropada havoning keskin sovib ketishi bashorat qilindi

Yevropada havoning keskin sovib ketishi bashorat qilindi

Foto: «Korrespondent»

Niderlandiyaning Groningen universiteti olimlari shu yuz yillikda Yevropani havoning keskin sovishi kutmoqda, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «EurekAlert» xabar berdi.

Olimlarning kuzatuvlari natijalari Yevropa shimoli-g‘arbida yumshoq havoni ta’minlovchi Shimoliy Atlantika oqimi shu yuz yillikda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Golfstrim o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi ehtimoli 15 foizga baholangan va bunga juda ko‘p yog‘inlar hamda Grenlandiya muzliklarining erishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Iliq oqimdan mosuvo bo‘lgan qit’a shu asrdayoq qahraton bilan yuzma-yuz kelishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring