Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetmish yil birga yashagan er-xotin bir necha daqiqalik farq bilan olamdan o‘tdi

Yetmish yil birga yashagan er-xotin bir necha daqiqalik farq bilan olamdan o‘tdi

O‘tgan yili dekabr oyi oxirida Ogayo shtatida yashovchi, 89 yoshli Dik Mik va uning 87 yoshli rafiqasi Shirli nikoh qurganliklarining 70 yilligini nishonlagan, shundan so‘ng ular o‘zlarini yomon his qila boshlaganini sezishgan. 8-yanvarda ular Riversayd shahridagi kasalxonaga yotqizilib, koronavirusga qarshi test o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalari ijobiy natijani ko‘rsatgan. 

Qariyalarning ahvoli tezda yomonlashgan va davolashga qaratiilgan barcha urinishlar besamar ketgan. Shu sababli er-xotinning qarindoshlari kasalxona xodimlaridan Dik va Shirliga so‘nggi daqiqalarni birga o‘tkazish imkoniyatini berishni iltimos qilganlar.

Juftlik 16-yanvar, shanba kuni bir-biridan bir necha daqiqa farq bilan vafot etgan. Ularning 5 farzandi, 13 nabirasi va 28 evarasi bor.

Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda epidemiya boshlanganidan beri 24,2 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, ulardan 401 mingdan ziyod kishi kasallik sababli vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring