Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘adi

Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berishicha, ertaga, 12-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1—3 daraja iliq, kunduzi 8—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3—8 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 10—15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring