Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronda qo‘lbola spirtli ichimlikdan 168 kishi zaharlandi

Eronda qo‘lbola spirtli ichimlikdan 168 kishi zaharlandi

Foto: «Haber7.com»

Eronning Hurmuzgan viloyatida qo‘lbola spirtli ichimlikdan 16 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.

Hurmuzgan Tibbiyot institutining aholi bilan aloqalar bo‘limi mudiri Fotma Navro‘ziyanning ma’lum qilishicha, chorshanbadan beri viloyatda 168 kishi spirtli ichimliklardan zaharlanib, shifoxonalarga tushib qolgan.

Zaharlanganlardan 16 nafari halok bo‘lgan, 8 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Hurmuzgan viloyati ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Azizulloh Malakiyning aytishicha, ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda. Qo‘lbola spirtli ichimliklar sotuvchi uch kishi aniqlangan. Ular so‘roq qilinyapti.

Spirtli ichimliklar iste’mol qilish va sotish taqiqlangan mamlakatga bunday ichimliklar kontrabanda yo‘li bilan kirib kelayotgan ekan.

Eron qonunlariga ko‘ra, spirtli ichimlik ishlab chiqargan, savdo qilganlarlarga qamoq yoki darra urish jazosi tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring