Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng yaxshi smartfonlar — foydalanuvchilar o‘z telefonlariga baho berishdi

Eng yaxshi smartfonlar — foydalanuvchilar o‘z telefonlariga baho berishdi

Foto: «iXBT.com»

«AnTuTu»ning navbatdagi reytingi foydalanuvchilar o‘zlari ishlatayotgan android-smartfonlarga bergan bahoga qarab tuzildi — eng ko‘p ijobiy munosabat bildirilgan qurilmalardan TOP-10 ro‘yxati tuzildi.

Diqqatga sazovor jihati, bir paytlar anchayin ommalashgan, ammo hozir ishlari uncha yurishmayotgan «Meizu» brendining bir yo‘la uchta qurilmasi kuchli o‘nlikka kirdi.

Foydalanuvchilar reytingida birinchi o‘rinni «Huawei Mate 30 5G» flagman smartfoni egalladi — uni sotib olib ishlatayotganlarning 97,35 foizini ushbu qurilma to‘liq qanoatlantiradi. Bu smartfon uch oydan beri reyting yetakchisi.

Ikkinchi o‘rinda — «Samsung Galaxy Note 10+ 5G» — 96,29 foiz foydalanuvchilar undan rozi.

Uchinchi o‘rinda — «Vivo NEX 3 5G», yaqinda chiqarilgan «Xiaomi Mi 10 Pro» flagmani esa to‘rtinchi o‘rinda: har ikki smartfonning «reyting ochkolari» deyarli bir xil: tegishli ravishda 95,96 va 95,85 foizdan.

«Meizu» kompaniyasining «16th», «16th Plus» va «16s Pro» smartfonlari beshinchi, oltinchi va yettinchi pog‘onalarni band etdi. O‘z-o‘zidan ayon bo‘lyaptiki, shuncha tanqidlarga qaramasdan, aynan «Meizu» boshqa kompaniyalarga nisbatan o‘z foydalanuvchilarini mamnun eta olgan.

«OnePlus 7 Pro», «Samsung Galaxy S10+» hamda «Vivo iQOO Pro 5G» — kuchli o‘nlikning oxirida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring