Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng «kuchli» pasportlar e’lon qilindi. Biz nechanchimiz? (reyting)

Eng «kuchli» pasportlar e’lon qilindi. Biz nechanchimiz? (reyting)

Foto: «TheUK.one»

Shveysariyaning «Henley & Partners» (H&P) kompaniyasi navbatdagi jahon pasportlari indeksini e’lon qildi. Unda mamlakatlar fuqarolari o‘z pasportlari bilan qancha mamlakatga vizasiz bora olishiga qarab reytingga joylashtirildi.

Ushbu reytingda Yaponiya peshqadamlikni qaytarib oldi — yapon fuqarolari  190 mamlakatga vizasiz bora olishadi.

Ikkinchi o‘rinda Singapur va Janubiy Koreya (189 tadan mamlakat), uchinchi o‘rinda — Germaniya va Fransiya (188 mamlakat) fuqarolari.

TOP-5 ni tark etgan Buyuk Britaniya va AQSh fuqarolari uchun 185 mamlakatga yo‘l ochiq.

Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Latviya va Litvada (180 mamlakat) — ular 11-o‘rinda joylashgan. Jahonning 128 mamlakatiga vizasiz chiqish imkoniyatiga ega ukrainlar 41-o‘rinda, rossiyaliklar (119 mamlakat) 48-o‘rinda, belaruslar (77 mamlakat) 66-o‘rinda. Keyingi o‘rinda esa qozoqlar — 76 mamlakat.

O‘zbekiston pasportining kuchi esa hozircha 58 mamlakatga kirish uchun yetadi — biz 80-o‘rindamiz.

Ro‘yxatning eng oxiridan (104-o‘rin) Afg‘oniston va Iroq (30 mamlakat) o‘rin oldi.


«Eng kuchli» pasportlar reytingi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring