Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elmira Bositxonova «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi

Elmira Bositxonova «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishiga aloqasi yo‘qligini bildirdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bugun internet OAVda tarqalgan «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati» tuzilishi haqidagi xabarlar yuzasidan murojaat yo‘lladi.

«O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida xotin-qizlarni tasniflaydigan, toifaga ajratadigan ro‘yxatni shakllantirishga qat’iyan qarshiman.

Bugun internet tarmog‘ida shov-shuvga aylangan «xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati»  tuzilishiga mening hech qanday aloqam yo‘q.

Jurnalistlar, blogerlar hamda internet foydalanuvchilaridan mening sha’nimga aytilayotgan haqoratlarni to‘xtatishlarini so‘rab qolaman», deyiladi murojaatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring