Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Elektroset»ga pul undirib o‘rgangan MIB xodimlari bu safar shu ishning teskarisini qilishdi

«Elektroset»ga pul undirib o‘rgangan MIB xodimlari bu safar shu ishning teskarisini qilishdi

Majburiy ijro byurosi (MIB) energiya resurslari uchun to‘lovlarni undirish vakolatidan mosuvo etilgan bo‘lsa-da, xodimlari bekorchilikdan pashsha qo‘rib o‘tirgani yo‘q. Byuroda ish qaynab yotibdi. Ijroga qaratilgan sud qarorilari shundog‘am ko‘pki, hech biri xamirdan qil sug‘urganday oson bitmaydi.

MIBning Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan quyidagi ijro varaqasidayam shu gap. Ayni ijro hujjatining e’tiborga molik tomoni shundaki, unda «Shayxontohur tuman elektr tarmoqlari korxonasi» AJdan fuqaro S.Yakubova foydasiga 76 mln. 064 ming 616 so‘m qarz (davlat foydasiga  747 ming 994 so‘m davlat boji ham) undirilishi ko‘rsatilgan.

Yaqin-yaqingacha ta’minotchi korxonaga iste’molchilardan qarzdorlikni undirish jarayonida «u yoq bu yoqqa» qaramay ish ko‘rgan MIBchilar «eski qadrdon»dan fuqaro foydasiga pul undirishga kelganida nima qildi?

Doim qiladigan ishini qildi-da. Ya’nikim, avvaliga qarzdorlikni qoplash uchun ixtiyoriy muddat berildi. Bundan naf bo‘lmagach, shartta korxona hisob-raqamiga inkasso qo‘ydi. Shu tariqa qarzdor korxonaning nozik joyidan ushlangach, ijro ishida siljish kuzatildi. Va ko‘p o‘tmay fuqaroning haqi ham, davlat boji ham undirilib, qarzdorga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilindi.

Shunaqa, sud hujjati ijrosi ko‘ndalang bo‘lganda na «qirqib-qirqib» gapirish bor, na birovning «yuzi»dan o‘tolmaslik...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring