Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ektor Kuper «Bunyodkor» – «Paxtakor» o‘yinini jurnalistlar orasida tomosha qildi

Ektor Kuper «Bunyodkor» – «Paxtakor» o‘yinini jurnalistlar orasida tomosha qildi

Foto: «Twitter/begamovshakhboz»

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Superliga doirasida bo‘lib o‘tgan «Bunyodkor» – «Paxtakor» (1:2) o‘yinini ommaviy axborot vositalari xodimlariga ajratilgan joyda o‘tirib tomosha qildi. Bu haqida jurnalist Shaxboz Beg‘amov o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joiz, ushbu uchrashuv «Milliy» stadioni maysasi tayyor bo‘lmagani bois «Paxtakor» o‘yinohida o‘tkazilgan edi. Ektor Kuper nima uchun rasmiy shaxslar uchun ajratilgan VIP-lojada emas, balki jurnalistlar orasida o‘tirgani noma’lum. Bunga qadar har doim turli yoshdagi terma jamoalar murabbiylari va boshqa rasmiy shaxslar uchun «Paxtakor» stadioni VIP-lojasidan joy ajratilar edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi yaqinda Xitoyda bo‘lib o‘tgan China Cup musobaqasida ishtirok etgan va Urugvaydan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, uchinchi o‘rin uchun bo‘lgan bahsda mezbon Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi. Ayni vaqtda milliy jamoa murabbiylar shtabi JCh-2022 saralashi musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring