Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

EI emlashlardagi sustkashlik tufayli 100 milliard evro yo‘qotishi mumkin

EI emlashlardagi sustkashlik tufayli 100 milliard evro yo‘qotishi mumkin

Foto: «Bloomberg»

Evropa Ittifoqi investorlar emlashning «sust» sur’ati bilan bog‘liq xavotirlari tufayli 50 — 100 milliard yevrogacha yo‘qotishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Yevropada koronavirusga qarshi kurash kutilganidan ancha sust formatda ketmoqda, bu o‘z navbatida iqtisodiy tiklanishlarning kechikishiga olib keladi va biznes ishini susaytiradi.

Bundan tashqari, investorlar Yevropa Ittifoqida COVID-19 kasalligining ko‘payib borayotganidan xavotirda, chunki bu ularning strategiyasini buzishi mumkin, deb qo‘shimcha qiladi Bloomberg, BlackRock Investmen va Bank of America moliyaviy konglomeratining bayonotlariga asoslanib.

Shuningdek, Evropa fondlari kapitalning tashqariga chiqib ketishidan xavotirda.

«Yevropada virusni yengmoqchi bo‘lsa, vaksinani kiritish tezligini tezlashtirishi kerak. Shu bilan birga, Byurokratiya va rasmiylar o‘zning qarama-qarshi bayonotlari bilan bunga to‘sqinlik qilmoqda», — deya agentlik Principal Global Investors jamg‘armasi bosh strategisti Simu Shoxning so‘zlarini keltiradi.

Yevropa komissiyasi, vaksinani ishlab chiqish bosqichida, ittifoqqa a’zo mamlakatlar uchun taxminan 2,3 milliard dozani o‘z ichiga olgan bitimni imzolagan edi.  Yevropa Ittifoqi aholisi esa taxminan 450 million kishini tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi uch turdagi vaksinani sotib olish bo‘yicha bitimlar imzolagan, ammo o‘z majburiyatlarini bajarmaslik oqibatida yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring